Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Mingbuloqtumangaz" gaz taʼminoti boʻlimida "Hududgaztaʼminot" AJning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining targ'ibot-tashviqot ishlari bo'lib o'tdi. Unda filial Boshlang'ich kasaba uyushmasi raisi A.Sobirov hamda filial moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatini amalga oshirish bo'limi boshlig'i A.Qobulovlar ishtirok etdi.
Tadbirda korrupsion holatlarining oldini olish, xodimlar o‘rtasida qonuniylik, halollik tamoyillarini mustahkamlash yuzasidan ochiq va mazmunli fikr almashildi. Soha xodimlari uchun huquqiy bilimlar, amaliy maslahatlar berilib, kundalik faoliyatda to‘g‘ri yondashuvlar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda kasaba uyushmasining jamoatchilik shartnomasi yuzasidan belgilangan bandlar va ularning ijrosi yuzasidan ma’lumotlar berildi. Mehnatkashlar uchun yaratilgan ijtimoiy va huquqiy kafolatlar, dam olish, sog‘lomlashtirish hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari keng muhokama qilindi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati