Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Mana shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Fargʻona” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi va Oʻzenergoinspeksiya xodimlari ishtirokida Fargʻona tumanida oʻtkazildi.
Tumanning “Mindon” MFY Chashma koʻchasida joylashgan “O.” nomli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi gaz tarmogʻiga hech qanday hujjat va ruxsatlarsiz ulanib, “zangori olov”dan qonunga zid ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat boʻyicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzildi va tabiiy gaz hajmlari qayta hisoblandi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 2 milliard 108 million soʻm zarar keltirilgani maʼlum boʻldi. Vaziyatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.