Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan reyd vaqtida noqonuniy holat fosh etildi.
Tumaning Shahriston koʻchasida joylashgan, fuqaro Sh.I. ga qarashli ovqat yetkazib berishga ixtisoslashgan maskanda tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, binodagi gaz hisoblash uskunasi oʻzboshimchalik bilan oʻrnatilgani va loyiha texnik hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiq gaz jihozlaridan foydalanilayotgani aniqlandi. Shuningdek, binodagi gazda ishlovchi uskunalarning sarfi hisoblagichning maksimal hisoblash quvvatidan katta ekani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 615 million soʻm zarar hisoblandi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.