Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Navbatdagi tadbirlar Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida oʻtkazildi. “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi va Oʻzenergoinspeksiya xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan reyd vaqtida tabiiy gazdan qonunga zid ravishda foydalanish holati aniqlandi.
Tumanning “Choʻlpon” MFYda joylashgan “Gʻ. Z. S.” nomli parrandachilik fermasida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganga, isteʼmolchi loyiha hujjatlariga mos kelmaydigan nostandart uskunalardan foydalangani va gaz jihozlari sarfi hisoblagichning maksimal quvvatidan ortiqcha ekani maʼlum boʻldi. Shuningdek, obyektda neft mahsulotini qayta ishlashda qoʻlbola gaz yondirgichdan foydalanilayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 862 million 497 ming soʻm zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.