Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari, Oʻzenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidan oʻtkazildi.
Tumandagi “Ayronchi” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro xonadonida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, xonadonda joylashgan novvoyxonada loyiha texnik hujjatlari va hisoblash uskunasisiz umumiy gaz tarmogʻiga rezina shlang orqali ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 385 million 441 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Toʻplanmagan barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.