Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiali, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari, Oʻzenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida Xorazm viloyati Urganch shahrida oʻtkazildi.
Shaharning “Mashʼal” MFY Yoshlik koʻchasidagi koʻp qavatli turar-joy binosi xatlovdan oʻtkazilganda, taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan va loyiha hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 690 million 770 ming soʻm zarar aniqlandi. Barcha materiallar huquq-tartibot organlariga yuborildi.