Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda har bir sohani raqamlashtirish va avtomatik boshqaruv tizimiga o‘tkazish bo‘yicha ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Xususan, Andijon viloyatida tabiiy gaz nazoratining avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini (ASKUG) keng joriy etilgan. Bunda yangi turdagi zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalari aholi xonadonlariga o‘rnatilgan bo‘lib, bu orqali yetkazib berilayotgan tabiiy gaz avtomatik tarzda hisoblanmoqda. Iste’molchilar orasida qarzdorlik bo‘yicha avtomatik tarzda tabiiy gaz yetkazilishi to‘xtatilgandan so‘ng, o‘zboshimchalik bilan elektron gaz hisoblash uskunasini yechib olib, rezina shlanglar orqali tarmoqqa ulanib olgan va tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanayotganlar yo‘q emas.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari Oltinko‘l tumanidagi “Cho‘ntak” MFY mahalla gazchilari bilan mahalla xonadonlarni xatlovdan o‘tkazildi. Jarayonda iste’molchilar tomonidan tarmoqqa loyihadan tashqari noqonuniy ulanish, gaz hisoblash uskunasiga ulanish sxemasini buzilish (peremichka) bilan ulanish, tamg‘a buzilishi va shunga o‘xshash tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Mazkur noqonuniy holatlar payvandlash yo‘li bilan bartaraf etilib, o‘tgan davr uchun me’yor asosida qayta hisob-kitob qilindi va iste’molchilarga nisbatan jarimalar qo‘llanildi.
Bugun har bir iste’molchida foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovni elektron tarzda amalga oshirish imkoniyati mavjud.Buning uchun “Click”, “Payme”, “Upay”, "Paynet“, ”OSON" va shu kabi ommaviy foydalanishda bo‘lgan elektron to‘lov ilovalari orqali uydan chiqmay, ishlatilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda.Iste’molchilar esa foydalanilgan tabiiy gaz uchun o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirsa, qo‘ni-qo‘shnilari va mahalladoshlarini ham bir me’yorda tabiiy gaz bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shgan bo‘ladi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati