Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida oʻtkazilgan reyd vaqtida Samarqand shahrining “Beklar” MFYda joylashgan novvoyxonada gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi elektron gaz hisoblash uskunasidan tashqari tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan qonunga zid ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 675 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Ishga oid barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.