Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Shundan tadbirlardan biri “Hududgaz Andijon” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, Oʻzenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida Andijon shahrida oʻtkazildi.
Shaharning Chinobod koʻchasida joylashgan “O. S. H.” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi hisoblagichsiz umumiy tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, 2 ta gaz soʻrgich moslama orqali “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 1 milliard 81 million soʻm zarar aniqlandi. Ishga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.