Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri «Hududgaz Sirdaryo» GTF komplayens nazorat tuzilmalari, O‘zenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida o‘tkazildi.
Tumandagi «G. H.» nomli umumiy ovqatlanish maskani egasi bino ro‘parasidagi aholi xonadonidan yashirin tarmoq tortgan holda «zangori yoqilg‘i»dan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 93 million 680 ming so‘m zarar aniqlandi. Ishga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.