Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Fargʻona” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi, Oʻzenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyati Rishton tumanida oʻtkazildi.
Tumanning “Vohim” MFY Yoshlik koʻchasida joylashgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi hisoblash uskunasidan oldin rezina shlang orqali yashirin tarmoq tortib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi.
Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 599 million 961 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.