Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Toshkent viloyatida filial komplayens nazorat tuzilmalari va tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan xatlovlar vaqtida bir nechta qonunbuzarliklar aniqlandi.
Piskent tumani “Birlik” MFY Maʼrifat koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro U. D. taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda “zangori yoqilgʻi”dan foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi. Holat boʻyicha 211 million 264 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.
Yana bir xuddi shunday holat Ohangaron tumanining “Qiziloy” MFYda qayd etildi. Fuqaro T. S. tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib olib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan. Vaziyat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 189 million 388 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Yuqoridagi holatlarga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.