Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Anan shunday tadbirlar “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari hamda shahar-tuman boʻlimlari mahalla gazchilari tomonidan doimiy ravishda olib borilmoqda.
Joriy yilning Yanvar oyida mahalla gazchilari tomonidan 480 ta tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilgan. Isteʼmolchilarga nisbatan 2 mln 588 ming 800 metr³ va 4 mlrd 981 mln 430 ming soʻmlik gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.
Mazkur isteʼmolchilar orasida gaz hisoblagichni yechgan, tarmoqqa noqonuniy ulanish, hisoblagichdan tashqari ulanish va unga tashqi taʼsir oʻtkazish kabi holatlar qayd etilgan va isteʼmolchilarga nisbatan dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.
Andijon viloyatida mahalla gazchilari tomonidan reyd tadbirlari davom etmoqda.