Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlari izchil olib borilmoqda. Gaz taʼminoti filiali mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilgan reyd vaqtida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
Mirobod tumani Lokomotiv koʻchasida istiqomat qiluvchi U. J. tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulanib olgan holda, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 449 million 107 ming soʻm zarar hisoblandi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.