Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan joylarda ishchi guruhlar tuzilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari kuchaytirilgan tartiba olib borilmoqda.
Jamiyat ishchi guruhi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi, “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Xoʻjayli tumanida oʻtkazilgan tadbirda qoidabuzilish holati fosh etildi.
Tumanning “Janga jap” OFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M. A. xonadonida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq tortib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 626 million 664 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.