Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlari izchil olib borilmoqda. Gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida Toshkent shahrida oʻtkazilgan reyd vaqtida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
Chilonzor tumanida joylashgan “K. S.” MCHJga qarashli binoda xatlov oʻtkazilganda, isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq orqali tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Dastlabki hisoblarga koʻra 5 milliard 116 million soʻm zarar hisoblandi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.