Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olish maqsadida joylarda reyd tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi jarayonlar filial komlayens nazorat tuzilmalari va Oʻzenergoinspeksiya xodimlari ishtirokida Buxoro viloyatining Buxoro shahri va Romitan tumanida oʻtkazildi.
Buxoro shahar A. Gʻijduvon koʻchasida joylashgan xizmat koʻrsatish binosida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, hisoblagichsiz tarmoqqa rezina shlang orqali ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan 149 million 643 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Romitan tumani “Soʻfikorgar” MFYda joylashgan “Y. M. M.” MCHJga qarashli issiqxona debitor qarzdorlik sabab tarmoqdan payvandlash yoʻli bilan uzib qoʻyilganiga qaramasdan, isteʼmolchi oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga qayta ulanib olgani va taʼminot korxonasiga 43 mln 965 ming soʻmlik zarar yetkazgani maʼlum boʻldi.
Xuddi shunday holat tumanning “Chandir” MFYda joylashgan “A. B.” MCHJga qarashli issiqxona xoʻjaligida ham kuzatilgan. Noqonuniy holat boʻyicha 36 mln 717 ming soʻm zarar qayta hisoblangan.
Yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.