Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida ishchi guruhlar tuzilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida filial komplayens nazorat tuzilmalari, mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi va huquq-tartibot organlari hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida qoidabuzilish holati aniqlandi.
Shaharning A. Navoiy koʻchasida joylashgan “M. D. T.” MCHJga qarashli koʻp qavatli uy xatlovdan oʻtkazilganda, taʼminot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 969 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.