Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida ishchi guruhlar tuzilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.
Samarqand viloyati Samarqand shahrida filial komplayens nazorat tuzilmalari, mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi xodimlari, Oʻzenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida qoidabuzilish holati aniqlandi.
Shaharning Ibn Sino koʻchasida qurilayotgan “Sh. S. S.” MCHJga qarashli koʻp qavatli uy xatlovdan oʻtkazilganda, taʼminot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan holda “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 401 million 680 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.