Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Samarqand” GTF kompleans nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Samarqand tumanida oʻtkazildi.
Tumanning “Yuqori Chordara” MFYda oʻtkazilgan xatlov vaqtida fuqaro O. A. oʻz xonadonida issiqxona tashkil etib, taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, loyiha-texnik hujjatlarisiz va hisoblagichsiz tarmoqqa ulangan holda “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi.
Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 378 million 763 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.