Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Samarqand” GTF kompleans nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida oʻtkazildi.
Shaharning “Shodiyona” MFYda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktabida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi loyiha-texnik hujjatlarisiz va hisoblagichsiz tarmoqqa ulangan holda “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanayotgani aniqlangan.
Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 907 million 200 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.