Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gaz taʼminotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali va tuman gaz taʼminoti boʻlimining mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi mutaxassislari hamda huquq-tartibot organlari hamkorligida Fargʻona viloyati Rishton tumanida oʻtkazilgan reyd jarayonida qonunbuzilish holati fosh etildi.
Tumanning “Navbahor” MFYda joylashgan, YTT “T. S.”ga qarashli kulolchilik sexi gaz taʼminotidan uzilgan boʻlsada, oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa qayta ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 107 million 688 ming soʻmlik zarar aniqlandi.
Noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.