Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Xorazm” GTF tomonidan zamonaviy, tejamkor gaz-uskunalari oʻrnatilishi hamda tabiiy gazni tejash va undan oqilona foydalanish boʻyicha mahallalar kesimida targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Xususan, “Urganchtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 1970 ta tejamkor gaz yondirgichlari oʻrnatilishi natijasida 6 mln 540 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishildi. Tejamkorlik borasidagi ishlarini “Hilol” mahallasi misolida oladigan boʻlsak ushbu mahallaga 525 ta tejamkor gaz-uskunalari oʻrnatilishi natijasida 886 ming kub metr tabiiy gaz sarfi oldi olindi. Bu esa tejalgan tabiiy gaz chekka hududlardagi xonadonlarda ham yaxshilanishiga zamin yaratadi.
Tejamkor gaz-gorelkalari oʻrnatilishi gazning toʻliq yonishi hisobiga samaradorlikni 20-30 %ga oshirish, atmosferaga zararli moddalarning chiqarilishini kamaytirish hamda tabiiy gazni 30 %gacha tejash imkonini beradi bu esa oʻz-oʻzidan oilaviy byudjet tejalishiga xizmat qiladi.