Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar har bir sohada yoshlar faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Buning yaqqol ifodasi sifatida 2024-yilning “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilinishi ham oʻziga yarasha ramziy ma’noni bildiradi.
Mazkur tadbirda “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali direktori I. Mamajanov yoshlar oldida soʻzga chiqib, mamlakatda yoshlarga koʻrsatilayotgan qoʻllab-quvvatlov hamda yuklatilgan masʼuliyat haqida fikr bildirdi. U, shuningdek, sohada yetuk mutaxassis boʻlish uchun doimiy ravishda bilimlarni oshirib borish va kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish muhimligini taʼkidladi.
“Xalqimizda shunday maqol bor: ʻBeshikdan to qabrga qadar ilm olʻ, deb bejiz aytilmagan. Hozirgi yoshlarimiz bilimli, zamonaviy texnologiyalarni tez oʻzlashtiradigan va albatta, juda talantlidirlar”, dedi filial direktori I. Mamajanov.
Shuningdek, tadbirda viloyat Yoshlar ishlari agentligidan tashrif buyurgan A. Akbarov ham qatnashib, yoshlar uchun ajratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Tadbir yakunida yoshlar oʻrtasida qizgʻin viktorina tashkil etilib, gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, 25 nafar faol yosh uchun viloyatning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirish boʻyicha topshiriqlar berildi, bu esa yoshlar uchun yana bir muhim ragʻbat boʻldi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati