Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filialida 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuniga bagʻishlab tadbir boʻlib oʻtdi
6-noyabr kuni “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filialida 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuniga bagʻishlab katta tadbir oʻtkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi kasaba uyushmalari aʼzolarining mehnatini qadrlash, ularning kasbiy faoliyatidagi muhim natijalarni eʼtirof etish hamda xodimlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlashdan iborat boʻldi.
Tadbirda “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali rahbariyati va xodimlari ishtirok etdilar. Ular kasbiy faoliyatidagi yuksak natijalari va xizmatlari uchun tan olinib, bir qator xodimlar faxriy yorliqlar, sovgʻalar va boshqa taqdirlovlar bilan mukofotlandi. Ayniqsa, uzoq yillar davomida halol mehnat qilib, oʻz sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan xodimlar alohida eʼtirof etildi.
Tadbir davomida mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlar soʻzga chiqib, oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar hamda kasaba uyushmalariga boʻlgan mehr va hurmatlarini izhor etdilar. Shuningdek, tashkilot rahbariyati xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini yana bir bor tasdiqladi.
Shu tariqa, “Hududgaz Namangan” filialida Kasaba uyushmalari kuniga bagʻishlangan tadbir yuqori kayfiyatda va doʻstona muhitda oʻtdi. Tadbir ishtirokchilari bunday chora-tadbirlarning xodimlar oʻrtasida hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.
“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati