Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Birinchi bosqichda gaz taʼminoti tizimida mavjud nuqson va muammolar aniqlandi, gaz quvurlari, ventillar va boshqa uskunalar texnik koʻrikdan oʻtkazildi. Bu bosqichda, asosiy maqsad mavjud nosozliklarni bartaraf etish va tizimning barqaror ishlashiga erishishdan iborat boʻldi.
Ikkinchi bosqichda esa har bir hududga tabiiy gaz bir meʼyorda va xavfsiz yetkazib berilishi taʼminlanmoqda. Shuningdek, har bir mahalla va hududda aholiga gazdan foydalanish qoidalari boʻyicha tushuntirish ishlari oʻtkazilmoqda. Aholini gaz uskunalaridan toʻgʻri foydalanishga oʻrgatish orqali gaz bilan bogʻliq hodisalarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu tadbirlardan maqsad, kuz-qish mavsumida aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash va har bir xonadonda xavfsizlikni taʼminlashdir. Yakunda, kuz-qish mavsumida gaz taʼminoti barqarorligiga va fuqarolar xavfsizligiga katta hissa qoʻshish rejalashtirilgan.
Hududgaz Namangan gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati