Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Iste'molchilarga tabiiy va suyultirilgan gazni barqaror va uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini nazorat qilish maqsadida “Hududgazta'minot” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Toxirjon Turdiyev 11-noyabr kuni Namangan viloyatida bo‘ldi.
Pop tumanida “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Boshqaruv raisi o‘rinbosari mutaxassislar bilan uchrashuvda gaz ta'minotiga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlarni aholiga keng tushuntirish, tejamkorlik va energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish muhimligini qayd etdi.
Shuningdek, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor va ijobiy hal etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Viloyat gaz ta'minoti mas'ullariga kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun manzilli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, ishchi xodimlar bilan suhbat o'tkazilib, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kerakli tushunchalar berildi.
Hududgaz Namangan gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati