Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Iste'molchilarga tabiiy va suyultirilgan gazni barqaror va uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini nazorat qilish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari Namangan viloyatida bo‘ldi.
Pop tumanidagi gaz to‘ldirish shoxobchasida “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Bosh vazir o‘rinbosari O.Ramatov viloyat mas’ullari bilan uchrashuvda gazni tejash va energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish muhimligini ta'kidladi.
Shuningdek, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor va ijobiy hal etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Viloyat gaz ta'minoti mas’ullariga kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun aniq topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, ishchi xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kerakli tushunchalar berildi.
Hududgaz Namangan gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati