Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Marhamat tumanining “Qoraqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini tumanning mashhur mahallalardan biri. Bugun ushbu mahallaga borsangiz tom ma’nodagi obodlikni ko‘rasiz. Bugun mazkur mahallada 413 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari istiqomat qilmoqda. Mahalla ahlining 515 dona maishiy gaz ballonlari mavjud bo‘lib, ballon bilan ta’minlanganlik darajasi 124 foizga tashkil qilyapti.
“Bizni Marhamat tumanimizda 22 904 ta suyultirilgan gaz iste’molchilari bo‘lib, yil boshidan beri iste’molchilarimizga 3900 tonnadan ortiq gaz yetkazib berdik, - deydi “Marhamattumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining boshlig‘i Asadillo Esonov. - Aholiga suyultirilgan gazni “mahallabay” tizim asosida yetkazib beryapmiz. Har bir mahalla bilan alohida ishlanmoqda. Shuningdek, gaz yetkazib berishdan bo‘sh vaqtimizda ularga gazdan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, maishiy gaz ballonlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni targ‘ib qilmoqdamiz...”
“Qoraqo‘rg‘on” mahallasida ham suyultirilgan gaz onlayn tizim asosida yetkazib berilmoqda. Iste’molchilar maxsus kartalarga pul solishni va u orqali gaz olishni allaqachonlar o‘zlariga odat qilishgan. Yana bir ta’kidlash lozim bo‘lgan jihati, har bir xonadon ahli o‘z uyi oldilar maishiy gaz ballon bilan kutib turmoqda. Sabr bilan maxsus avtotransport vositasi kelishini kutadi. Bu esa, mahalladagi tartib va o‘zaro hurmatdan darak. Bu esa suyultirilgan gazni o‘z vaqtida va tartibli yetkazib berilishida qo‘l kelmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati