Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Paxtaobod tumanida 10 mingdan ortiq tabiiy gaz isteʼmolchilari istiqomat qiladi. Isteʼmolchilarga 171 km gaz quvurlari orqali tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Mazkur quvurlarning 15 km yer ostida, 156 km qismi esa yer ustida joylashgan.
Chilangarlar tomonidan har kuni gaz quvurlari va taqsimlash qurilmalari nazoratdan oʻtkazilib boradi. Shu kunga qadar, ular tomonidan 120 km quvurlar qayta nazoratdan oʻtkazildi hamda mavjud 83 ta gaz taqsimlash qurilmalarida ham sozlash, rejali koʻrik ishlari amalga oshirildi.
“Joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 83 ta gaz taqsimlash qurilmalarini texnik koʻrikdan o‘tkazildi, — deydi tuman gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi Bahodirjon Qosimov. – Shuningdek, 4.3 km gaz quvurlarini bosim ostida sinash va havo bosimi yordamida tozalandi va 3 km yer osti gaz quvurlarining holati maxsus asbob yordamida tekshirildi. 5.7 km quvurlar boʻyoqlanib, tartibga keltirilishi koʻzda tutilgan edi, amalda bu ishlar 9.2 km bo‘yoqlanib, belgilangan reja 161 foizga bajarildi. Buning natijasida esa 1 365 nafar isteʼmolchisi boʻlgan 5 ta mahallaning gaz taʼminoti yaxshilanishiga erishildi”.
Jarayonlar davomida paxtaobodlik soha xodimlari tomonidan “Madaniyat-1” avtomatik gaz tarmogʻidan gaz yetkazib beruvchi “Boʻstonobod” MFY uylarni gaz bilan taʼminlovchi quvurlar nazoratdan oʻtkazildi. Shuningdek, barcha gaz taqsimlash qurilmalarida maromlash ishlari olib borildi. Shular qatorida esa Sanoat maydonchasidagi aholi va ulgurji isteʼmolchilar uchun chiqarilgan kollektorda meʼyorlashtirish va sozlash ishlari bajarildi.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati