Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ma’lumki, gaz ta’minoti tizimini isloh qilish barobarida, sohada “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bunda aholi o‘z murojaatini mahallada tashkil etilgan tizim xodimiga murojaat qilishi mumkin. Natijada esa gaz ta’minot xodimi va iste’molchi orasidagi masofa yanada yaqinlashdi. “Mahallabay” ishlash tizimining afzalligi shundaki, iste’molchi endi sarson bo‘lmaydi, gaz bilan bog‘liq muammosi bo‘lsa, mahallasiga borib, hududga biriktirilgan gazchi ko‘magidan foydalanadi.
Xo‘jaobod tumanidagi “Xidirsha”, “Yangi hayot”, “Navoiy” va “Sariqamish” mahalla fuqarolar yig‘ini tabiiy gaz yetkazib berish borasida 1-yirik hududga biriktirilgan. Hudud ustasi Sirojiddin To‘ychiev mahalla gazchilariga hamisha yordamchi. Yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarga esa Mansurbek Nodirov mahalla gazchisi sifatida xizmat ko‘rsatadi.
“...Sohada 7 yildan beri ishlab kelaman, - deydi Mansurbek Nodirov. – Menga biriktirilgan mahallalar o‘ramida 2 374 ta iste’molchi mavjud bo‘lib, har bir mahalla raisi yoki yettiligi bilan hamkorlikda ishlab kelmoqdamiz. Onlayn dastur asosida ishlashni boshlaganimizdan beri, ishlarimiz va vazifalarimiz aniqlashdi, vaqt tejalyapti, natijada esa yanada ko‘proq xonadonlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘layapmiz...”
“Hudud mobile” dasturidan topshiriq olgan M. Nodirov kun davomida berilgan vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Bir iste’molchining gaz hisoblash uskunasidagi sim kartani yangisiga alishtirgan bo‘lsa, yana bir hisoblagichni quvvatlagichini yangiladi.
“...Bizni gaz hisoblagichni ham quvvatlagichida muammo bor edikan. Mana keldi, aloqaga chiqmayotgan hisoblagich dasturga ishlatilgan gaz miqdorini haqidagi ma’lumotni uzatishni boshladi. Natijada, 1026 m³ gaz hisoblagichda turgan ekan, shuni dasturga uzatib qayta hisob-kitob qildi. Otam doim qonun asosida foydalanishni uqtirib keladi, - deydi “Xidirsha” MFY “Obod turmush” ko‘chasi 501-uyda yashovchi Dilmuhammad Qodirov.
Mahalla gazchi bo‘lgan Mansurbek muammolarni bartaraf etish asonosida iste’molchilar bilan suhbatlashib, tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, zamonaviy energiya tejamkor gaz yondirgichlaridan foydalanish va boshqa zarur qoidalar bo‘yicha ogohlantirish berib kelmoqda. Shuningdek, tabiiy gaz bilan bog‘liq yong‘inlar oldini olish, is gazidan ogoh bo‘lishga oid keng tartibdagi targ‘ibotlarni ham olib borishmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati