Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialining “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish” bo‘limi xodimlari gaz to‘ldirish shoxobchalarida bo‘lishib, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmatining chilangar va haydovchilari bilan profilaktik suhbatlar olib bordilar.
Dastlab “Shirin za servis” MChJ qarashli GTShda shahar-tumanlarning gaz yetkazib beruvchi chilangarlariga aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, bu masalada naqd pul muomalasi va narxni sunxiy oshirish kabilarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, “E-gaz” dasturi, onlayn tartibda ish yuritish, ID kartalardan foydalanish, nazorat tarozilarining sozligi kabilar haqida ham eslatib o‘tildi.
Targ‘ibot davomida bo‘lim xodimlari tomonidan og‘ir qoldiqlarni to‘kilishi, maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gazni belgilangan norma asosida quyilayotganligi ham nazoratdan o‘tkazildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati