Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Tohirjon Turdiev Andijonda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishuv davomida alohida ta’kidladi.
Jamiyat bosh muhandisi dastlab Oltinko‘l tumanida gaz quvurlarining rekonstruksiyasi qanday olib borilayotganligi bilan tanishdi. Jarayon davomida gaz quvurlarining estetik jihatdan tartibga keltirish, yer ustidan yer ostiga olishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi. Yilning sovuq va ayozli kunlari bo‘lishiga qaramasdan, yil boshidanoq keyingi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlanganligini alohida e’tirof etdi.
Andijon shahridagi gaz yetkazib berish markazlaridan biri tabiiy gaz yetkazib berishning avtomatlashtirilgan tizimini mahalla kesimida tashkil qilish vaqti kelganligini aytib o‘tdi. Bu borada shu kunga qadar xonadonlarga zamonaviy gaz hisoblash uskunalari o‘rnatildi, gaz yetkazib berishda yirik hududlarga ajratildi. Endi esa navbat mahallaga keldi.
“Hududgazta’minot” AJ tomonidan endi har bir mahalladagi gaz ta’minoti tubdan o‘zgarishga yuz tutadi. Bunda gaz yetkazib berishning uch bosqichli tizimidan ikki bosqichli tizimiga o‘tish, har bir xonadonga zamonaviy regulyatorlar va energiya tejovchi gaz jihozlari oʻrnatilishi kuzda tutilgan. Shuningdek, mahallaning kirish qismida umumiy gaz hisoblagichlar oʻrnatilib, barcha koʻchalarda nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.
Mazkur ishlar yuzasidan “Hududgaztaʼminot” boshqaruv raisi oʻrinbosari T.Turdiyev Andijonda muhandislar va tegishli mutaxassislar bilan uchrashib, kerakli topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati