Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Shahrixon tumani Andijon viloyatidagi suyultirilgan gaz iste’molchilari soni bo‘yicha yirik hududlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda tumandan 49 mingga yaqin iste’molchilar istiqomat qilmoqda. Ularga “Shahrixontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining 7 ta maxsus avtotransport vositasi hamda “Shahrixon” gaz to‘ldirish shoxobchasi orqali xizmat ko‘rsatilmoqda.
“Mahallamiz tuman va viloyatimizning eng yirik mahallalaridan biri bo‘lishiga qarmasdan suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Belgilangan grafigimiz bor. Har oyning belgilangan kunida bizni MFY o‘ramidagi iste’molchilarga “Shahrixontumangaz” filiali xodimlari “aylanma” usul bo‘yicha aholi maishiy gaz ballonlarini almashtirib ketmoqdalar”-deya ma’lumot berdi mahalla faoli Zokir ota Matqulov.
Filial tomonidan mahalla ahliga 768 dona maishiy gaz ballonlari ijara shartnoma asosida tarqatilgan. Aholining maishiy gaz ballon bilan ta’minlanganlik darajasi 108%ni, iste’mochilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishning o‘rtacha davriyligi esa 40-42 kunni tashkil etmoqda.
Shahrixon tumanidagi 48 802 iste’molchida 52 613 ta maishiy gaz ballonlari mavjud. Shundan 45 854 donasi ijara shartnoma asosida ta’minotchi tomonidan tarqatilgan. O‘tgan yil davomida shahrixonliklarga 7 900 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, gaz yetkazib berish vaqtida iste’molchilarga suyultirilgan gazdan foydalanish tartiblari, ID kartalar va onlayn tizimning afzalliklari, nazorat tarozilari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Xususan, xavfsiz va oqilona foydalanishda nimalarga e’tibor berish zarurligi, aslida suyultirilgan gazni ishlatish tartiblari, maishiy gaz ballonni saqlash qoidalari va boshqa tegishli masalalar bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati