Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bo‘ston tumanidagi “Guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida 1073 nafar iste’molchi “Bo‘stontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan bir maromda suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelmoqda. Suyultirilgan gaz yetkazib berishning onlayn tizimga o‘tish munosabati bilan ushbu mahalladagi barcha iste’molchilar to‘la ID karta va ularning 1210 dona maishiy gaz ballonlari bar-kodli yorliqlar bilan ta’minlangan. Yil boshidan beri ushbu MFYga iste’molchilariga 25 tonna 200 kilogramm suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
“Suyultirilgan gaz yetkazib berishning onlayn tizimi bizga ma’qul keldi, deydi iste’molchilardan Tursunoy Hafizova. – Oldinlari naqd pulga olardik, keyin allaqanday qog‘ozga imzo qo‘yardik yoki mashina to‘xtagan joyga ballonlarimizni olib borardik. Xullasim, bitta gaz ballonni olguncha, tushgacha vaqtimiz ketgan kunlar ham bo‘lgan. Hozir endi mashinada eshigimiz oldiga olib kelishyapti. Maxsus karta berishgan. Shunga pul solayapmiz. Kelishganda shu kartadan bir daqiqada to‘lovni yechib olishyapti. 5 daqiqani ichida ballon olyapmiz. Bu bizga juda ham qulay bo‘ldi..”
Bugun Bo‘ston tumanidagi 19 833 nafar iste’molchi to‘liq ID karta bilan ta’minlangan. Mavjud 21 855 dona maishiy gaz ballonlarga bar-kodli yorliqlar yopishtirilgan. O‘tgan yilda esa aholiga 2 585 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan bo‘lib, yetkazib berishning oraliq muddati 40-45 kundan oshmayapti.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati