Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Buloqboshi tumanining “Baynalminal” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi suyultirilgan gaz iste'molchilari hisoblanadilar. “Buloqboshitumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan ushbu MFYda ham “mahallabay” tizimida ish tashkil etilgan bo‘lib, har oyning belgilangan sanasida suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, “Buloqboshitumangaz” gaz ta'minoti bo‘limining suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘limi texnik xodimlari va chilangarlari bo‘sh vaqtlarida iste'molchilarga gaz xo‘jaligidan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini tushuntirib bermoqdalar. Har bir iste'molchi bilan uy sharoitidan kelib chiqib suhbatlashilmoqda. Oshxona, gaz plitasi va maishiy gaz ballonlar oraliq masofasi, reduktor va boshqa ehtiyot qismlaridan to‘g‘ri foydalanish kabilar uqtirilmoqda.
“Tumanimizda jami bo‘lib 25 527 ta suyultirilgan gaz iste'molchilari mavjud. O‘tgan yili iste’molchilarimizga 4400 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Mavsumda maishiy gaz ballondan foydalanish bo‘yicha iste'molchilar bilan suhbatlar olib bormoqdamiz. Mana bugun ham “G‘ozicheki” MFY o‘ramidagi aholi xonadonlarida targ‘ibot ishlarini davom ettirmoqdamiz,” - deydi biz bilan suhbatda “Jalaquduqtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limning suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha texnigi Kamoldin Jabborov.
Bugun buloqboshilik va jalaquduqlik iste'molchilar suyultirilgan gaz bilan ta'minlanish bilan birga, undan to‘g‘ri va oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar olmoqdalar. Bu esa, faqat va faqat ularning xavfsizligiga xizmat qilishiga shubhamiz yo‘q.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati