Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Har bir shaharning go‘zalligi nafaqat u yerda joylashgan tarixiy obidalar, yashil xiyobonlaru osmono‘par binolar bilan o‘lchanadi. Shahar go‘zalligiga odamlarning oddiy turmush sharoiti uchun zarur bo‘lgan infratuzilma qurilmalarining estetik jihatdan tartibli bo‘lishiga ham hissa qo‘shadi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali tomonidan shahar va tuman markazlari, katta yo‘l bo‘yidagi gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirilmoqda. Bunda avvallari har bir mahalla yoki hudud uchun tortilgan har xil o‘lchamdagi gaz quvurlari yagona tarmoqqa birlashtirilmoqda. Ayrim gaz quvurlari qayta rekonstruksiya qilinib yer ustidan yer ostiga olinmoqda yoki joylashuvi bo‘yicha estetik jihatdan bir ustunga o‘rnatilib, bo‘yoqlanmoqda.
“... Joriy yilda 253 km dan ortiq quvurlarimizni estetik jihatdan tartibga keltirishni reja qilganmiz, - deydi “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali bosh muhandisi Xurshidbek Qodirov. Hozirga qadar viloyat bo‘yicha 87 km ga yaqin turli o‘lchamdagi quvurlarimiz tartiblandi, rekonstruksiya qilinib, ayrimlari yer ostiga olindi...”
Ayni kunlarda Asaka, Oltinko‘l, Xo‘jaobod, Buloqboshi tumanlari hamda Andijon shahrida amaliy harakatlar qizg‘in pallada. Oltinko‘l tumanida 17 km dan ortiq, Andijon shahrida 11,6 km, Asaka tumanida 8.5 km, Xo‘jaobod tumanida 8.02 km hamda Buloqboshi tumanida 7.55 km gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirilib, bo‘yoqlandi.
Boshqa tumanlarda ham gaz quvurlarini tartiblash ishlari davom etmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati