Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Gulistontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan, suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha jami 11923 ta iste’molchilar mavjud bo‘lib, shundan 11910 ta aholi va 13 ta ulgurji (maktabgacha ta’lim tashkilotlari) iste’molchilarni tashkil qiladi.
Bugungi kunda tumandagi iste'molchilarga yanvar, fevral oylari uchun 97 % ya'ni 350 tonna suyultirilgan maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi.
"Gulistontumangaz" gaz ta'minoti bo'limida maishiy gaz ballonlarini keltirish va tarqatish uchun 3 ta ISUZU rusumli maxsus avtoulovlaridan foydalaniladi. Bu avtotransport vositalari 110 dona gaz ballonlarini yuklashga mo'ljallangan.
Suyultirilgan gaz bo‘limida 1 nafar mutaxassis va 6 nafar xodimlar belgilangan me’yorlarda tasdiqlangan rejaga asosan maishiy gaz ballonlarini is'temolchilarga yetkazib beradi.
- Suyultirilgan gaz ballondan muammomiz yo'q. Qishning sovuq, yozning jazirama issiq kunlarida ham o'z vaqtida gaz ballonlarimizni olamiz. Xodimlarning muomalalari ham yaxshi. Tumangaz xodimlaridan minnatdormiz. - deydi Dilfuza Shukurova.
Iste’molchilarni suyultirilgan maishiy gaz bilan ta’minlash borasidagi ishlar “Gulistontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan izchil davom ettirilmoqda.