Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Paxtaobod tumanining “Shuvoqzor-Boykechik” mahalla fuqarolar yig‘inida 632 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari istiqomat qilmoqda. Mahalla ahlining 815 dona maishiy gaz ballonlari mavjud bo‘lib, ballon bilan ta’minlanganlik darajasi 128 foizga tashkil qilyapti. Yil boshidan beri esa ularga 17 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
“Bizni Paxtaobod tumanimizda 34 515 ta suyultirilgan gaz iste’molchilari bo‘lib, yil boshidan beri iste’molchilarimizga 1200 tonnadan ortiq gaz yetkazib berdik, - deydi “Paxtaobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish muhandisi Mo‘minjon Rahmonov . - Aholiga suyultirilgan gazni “mahallabay” tizim asosida yetkazib beryapmiz. Har bir mahalla bilan alohida ishlanmoqda. Shuningdek, gaz yetkazib berishdan bo‘sh vaqtimizda ularga gazdan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, maishiy gaz ballonlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni targ‘ib qilmoqdamiz...”
“Shuvoqzor-Boykechik” mahallasida ham suyultirilgan gaz onlayn tizim asosida yetkazib berilmoqda. Iste’molchilar maxsus kartalarga pul solishni va u orqali gaz olishni allaqachonlar o‘zlariga odat qilishgan. Yana bir ta’kidlash lozim bo‘lgan jihati, har bir xonadon ahli o‘z uyi oldilar maishiy gaz ballon bilan kutib turmoqda. Sabr bilan maxsus avtotransport vositasi kelishini kutadi. Bu esa, mahalladagi tartib va o‘zaro hurmatdan darak. Bu esa suyultirilgan gazni o‘z vaqtida va tartibli yetkazib berilishida qo‘l kelmoqda.
“Hududgaz Andidon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati