Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Oltinkoʻl tumanida 32 ming 831 nafar tabiiy gaz isteʼmolchilariga 669,5 km gaz quvurlari hamda 155 dona gaz taqsimlash qurilmalari orqali tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
Chilangarlar tomonidan har kuni gaz quvurlari va taqsimlash qurilmalari nazoratdan oʻtkazilib boradi. Yil boshidan beri ular tomonidan tuman boʻyicha 250 kmdan ortiq gaz quvurlar qayta nazoratdan oʻtkazildi hamda mavjud 155 ta gaz taqsimlash qurilmalarida ham sozlash, rejali koʻrik ishlari amalga oshirildi.
“Har bir chilangarimiz oʻzlariga biriktirilgan hududlarda maxsus asbob yordamida quvurlardagi gaz sizib chiqish holatlarini tekshiradilar, agar holat aniqlansa, darrov uni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Oʻtgan oyda ana shunday beshta holat aniqlandi va zudlik bilan nosozliklar bartaraf etildi, — deydi tuman gaz taʼminoti boʻlimi boshlig‘i To‘xtamurod Matirov.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmatining tumanga tashrifi kuni esa oltinkoʻllik soha xodimlari tomonidan “Koʻmakay” avtomatik gaz tarmogʻidan gaz yetkazib beruvchi namunali uylarni gaz bilan taʼminlovchi quvurlar nazoratdan oʻtkazildi. Shuningdek, barcha gaz taqsimlash qurilmalarida maromlash ishlari olib borilmoqda. Shular qatorida esa sanoat maydonchasidagi aholi va ulgurji isteʼmolchilar uchun chiqarilgan kollektorda meʼyorlashtirish va sozlash ishlari bajarildi.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati