Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialida tizimdagi xodimlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Unda shahar-tuman gaz ta’minoti bo‘limlarining muhandis-metrologlari, kichik va o‘rta biznes iste’molchilari inspektorlari ishtirok etdilar.
Mazkur o‘quv seminarini o‘tkazishdan asosiy maqsad Metrologiya yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash, yangi ko‘nikmalarni shakllantirish, sohaga oid qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va yangidan joriy qilingan qonun hujjatlari bilan tanishtirish, zamonaviy yangi gaz sarfini hisoblash jihozlaridan amalda foydalanish bo‘yicha tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida soha mutaxassislari tomonidan qator ma’ruzalar o‘qib eshittirildi. Jumladan, Xalqaro sifat standartlari tizimining afzalliklari, “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator huquqiy-me’yoriy hujjatlari, sohaga oid boshqa ko‘plab qo‘llanmalarning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi. Har bir mashg‘ulot davomida nazariy bilimlar amaliy ko‘nikmalar bilan shakllantirildi.
Nazariy mashg‘ulotlar yakunidan so‘ng mutaxassislari “Dasturxonchi” avtomatik gaz tarqatish shoxobchasida joylashgan sanoat kollektorida iste’molchilarning hisoblagichlari bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha ko‘rgazmali mashqlar tashkil qilindi. Xususan, gaz hisoblagichlarni qay tartibda bir martalik tamg‘a bilan tamg‘alash, ularni ishlash sharoitlari, o‘zgarishlar va tashqi ta’sirni aniqlash holatlari bo‘yicha tavsiyalar oldilar.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati