Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Dastlab Filial rahbari tomonidan Andijon shahrida gaz quvurlarini estetik jihatdan tartibga keltirish borasida qilinayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Hududda “Bog‘ishamol” avtomatik gaz tarqatish shoxobchasidan tabiiy gaz bilan ta’minlanuvchi qo‘shqator va bir necha o‘lchamdagi gaz quvurlari demontaj qilinmoqda. Demontaj ishlari yakuniga yetgach, barcha tarmoqlar yagona tarmoqqa birlashtiriladi.
“...Barcha tarmoqlarni yagona tarmoqqa birlashtirish tabiiy gazni iqtiosd qilinishga katta hissa qo‘shadi, - deydi “Andijonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi muhandisi Akramjon Mirzaahmatov. – Shuningdek, iste’molchilarni xonadoniga qadar bo‘lgan masofaga tabiiy gaz bosimini bir me’yorda kelishini ta’minlaydi. Tan olish kerak, “Bog‘ishamol” gaz tarqatish shoxobchasidan “Namuna” gaz tarqatish punktigacha bo‘lgan masofa uzoqligi sabab, bosimni bir me’yorda ushlab turish, tarmoqning boshi va oxiridagi iste’molchida bir maromdagi bosimni yetkazib berish qiyinchilik tug‘dirardi. Yagona tarmoqqa birlashtirish esa, mana shunday holatlarga barham beradi..”
“Hududgaz Andijon” GTF direktori Davronbek Ahmedov bu borada Xo‘jaobod tumanida ham olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Xususan, mahalla balansini chiqarish borasida “Navoiy” MFYda tashkil etilgan yangi gaz taqsimlash punkti va “Xo‘jaobod” avtovatik gaz tarqatish shoxobchasidan gaz oluvchi tarmoqlarni yagona tarmoqqa birlashtirish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.
Har ikkala hududda ham mas’ullarga aniq rejalar va ilmiy yondashuvlar asosida ish tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va aniq tavsiyalar berildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuo xizmati