Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialining Sayxunobod gaz to‘ldirish shaxobchasida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining o‘zaro hamkorlikdagi harakatlariga bag‘ishlangan maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — obyektda favqulodda holatlar (yong‘in, portlash, gaz sizib chiqishi kabi) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyaviy vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, harakatlar muvofiqligini oshirish, shuningdek, shaxobcha xodimlari va tegishli tuzilmalar o‘rtasida o‘zaro aloqa va amaliy hamkorlikni sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.
O‘quv mashqi davomida:
• favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi ssenariysi asosida harakatlar ko‘rsatib berildi;
• xodimlar tomonidan xavfsizlik choralarini ko‘rish, odamlarni xavfli hududdan evakuatsiya qilish va zarar oqibatlarini bartaraf etish ishlari amaliyotda bajarildi;
• fuqaro muhofazasi, yong‘inga qarshi xizmat va tez yordam bo‘limlari bilan hamkorlikdagi harakatlar muvofiqlashtirildi.
Bunday mashg‘ulotlar nafaqat xavfsizlikni ta’minlash, balki ishlab chiqarish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlarga tayyor turish borasida katta ahamiyatga ega. O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.
"Hududgaz Sirdaryo" GTF rahbariyati bu kabi mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilib borilishini va barcha obyektlar xavfsizligi doimiy nazorat ostida ekanini ta’kidladi.