Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gazdan foydalanayotgan har bir fuqaro bilishi kerak bo‘lgan eng muhim raqam – bu 104!
104 – bu kimlar?
Bu – favqulodda vaziyatlarda tezkor yetib boradigan, tajribali mutaxassislardan iborat gaz avariyaviy-dispetcherlik xizmati. Ular sizning hayotingiz, uyingiz va atrofdagilar xavfsizligini ta’minlash uchun kechayu kunduz ishlaydi.
📞 Qachon 104 ga qo‘ng‘iroq qilish kerak?
🔸 Gaz hidi sezilsa
🔸 Gaz quvurida yoki jihozida nosozlik bo‘lsa
🔸 Gaz chiqayotgan ovoz eshitilsa
🔸 Portlash yoki yong‘in xavfi tug‘ilsa
🔸 Gaz ta’minotida keskin uzilish yoki texnik muammo kuzatilsa
⚠️ Qo‘ng‘iroq qilishdan oldin nima qilinadi?
✅ Gaz kranni yoping
✅ Elektr jihozlarini yoqmang
✅ Deraza-eshikni ochib, xonani shamollating
✅ Insonlar xavfsiz joyga chiqsin
✅ Shundan so‘ng 104 ga qo‘ng‘iroq qiling
👷♂️ Eslab qoling: 104 – bu shunchaki raqam emas, bu sizning va yaqinlaringizning xavfsizligi kafolati!
📌 Tarqating, ogohlantiring, eslab qoling: Gazda hazil bo‘lmaydi – xavfsizlik doimo birinchi o‘rinda!