Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta’minoti filiali majlislar zalida suyultirilgan maishiy gaz ballonlarini tashuvchi haydovchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda gaz ballonlarini tashish jarayonidagi xavfsizlik choralari, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, ballonlarning texnik holatini tekshirib chiqish, shuningdek, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Haydovchilarga amaldagi tartib-qoidalar yana bir bor eslatildi va ogohlantirishlar berildi.
Yig‘ilish davomida soha vakillari tomonidan haydovchilarning taklif va savollari tinglandi, ularga tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ham berildi.
Bunday yig‘ilishlar haydovchilarning mas’uliyatini oshirish, ish jarayonini muvofiqlashtirish va aholiga yanada xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatishga zamin yaratadi.