Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bu kunda filialning xotin-qiz xodimalari o‘zbek xalqining urf-odatlari va madaniyatini aks ettiruvchi turfa xil, zamonaviy milliy liboslarda ishga tashrif buyurib, ishchi muhitga o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat olib kirdi. Bu tashabbus milliy qadriyatlarimizga hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, Siyosiy ma’rifat soati ham tashkil etilib, unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, demokratik yangilanishlar, xalq bilan muloqot tamoyillari haqida xodimlarga batafsil ma’lumotlar berildi. Qolaversa, siyosiy ong va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga qaratilgan videorolik xodimlarga namoyish etildi.
Siyosiy-ma’rifiy mashg‘ulot doirasida, “Oqila ayollar murojaatnomasi” muhokamasi ham o‘tkazildi. Unda yurt tinchligi, oila qadri, farzand tarbiyasi va ayolning jamiyatdagi o‘rni haqida aytilgan fikrlar yuzasidan faol munozaralar olib borildi. Xodimlar ushbu murojaatnomani to‘laqonli qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, ayollarni jamiyatning tayanch ustuni sifatida e’tirof etishdi.
“Milliy qadriyatlar, siyosiy savodxonlik va ma’naviy birlik — bu bizning kuchimiz. Bunday tadbirlar aynan shuni mustahkamlaydi,” — dedi tadbir ishtirokchilaridan biri.
Shu kabi ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlar jamoada birlik, ijtimoiy faollik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.