Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Sirdaryo tumani Elobod mahallasida bunyod etilayotgan “Markaziy Osiyo” xalqaro korporatsiyasi markazini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida katta hajmdagi infratuzilma ishlari olib borilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida kesimi 219 millimetr bo‘lgan, uzunligi 12 kilometrga teng yuqori bosimli gaz quvuri tortilmoqda. Qurilish ishlarini “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari amalga oshirmoqda.
“Hududgaz Sirdaryo” jamoasi ushbu muhim loyihani sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash uchun barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar qilgan.