Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholiga sifatli va xavfsiz gaz yetkazib berish — bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta’minoti filiali ushbu yo‘nalishda tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Hozirda Julangar mahalla fuqarolar yig‘inida yer ostida yotgan, diametri 159 mm bo‘lgan va foydalanish muddati o‘tgan gaz quvurlari yangilanmoqda. Ushbu quvurlar texnik xavfsizlik talablariga muvofiq tarzda yer ustiga chiqarilmoqda. Bu esa kelgusida texnik xizmat ko‘rsatishni yengillashtirish bilan birga, nosozliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Sarmich mahallasida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan, gidravlik talablariga javob bermaydigan turli quvurlar olib tashlanmoqda. Ularning o‘rniga diametri 57 mm bo‘lgan, estetik va xavfsizlik mezonlariga mos zamonaviy gaz quvurlari tortilmoqda.
Bu kabi islohotlar orqali nafaqat gaz ta’minoti barqarorligi ta’minlanadi, balki aholining kundalik turmushida xavfsizlik va ishonchli foydalanish imkoniyatlari kengayadi.