Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Sardoba tumanida tabiiy gaz ta’minoti tizimi sifatini oshirish, xavfsizlikni ta’minlash va aholiga uzluksiz xizmat ko‘rsatish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga kelib tumanda tabiiy gaz iste’molchilari soni 9 035 tani tashkil etadi. Aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida 2025-yil boshidan buyon:
🔹 5,2 km gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirildi
🔹 6,9 km gaz quvurlari bo‘yoqlanib, tashqi ta’sirlardan himoyalandi
🔹 Tumanda mavjud bo‘lgan 30 dona gaz taqsimlash qurilmasidan 19 tasi texnik taftishdan o‘tkazildi
🔹 2 dona GTQdan 1 tasi mukammal ta’mirlandi
🔹 4,9 km gaz quvurlari maxsus asbob-uskunalar yordamida aniqlik bilan tekshirildi
🔹 5,2 km gaz quvurlari bosim ostida sinovdan o‘tkazildi
Bundan tashqari, tuman hududidagi barcha mahallalar to‘liq ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimiga o‘tkazildi, bu esa xavfsizlik va sarf nazoratini yanada yaxshilaydi.
Innovatsion yondashuv doirasida “Avtomatlashtirilgan mahalla iste’mol balansi” loyihasi ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha asosida tumandagi Shodlik mahallasida elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilishi va aholiga tabiiy gazni me’yorida yetkazib berish borasida faol ishlar olib borilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta’minoti filiali tomonidan ushbu tashabbuslar orqali aholining hayot sifati va qulayligi yanada oshirib boriladi.