Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Zamonaviy hayotimizda gaz – qulaylik, shinamlik va ishonchli energiya manbai. Ammo bu qulaylik xatarga aylanmasligi uchun har bir foydalanuvchi gazdan foydalanish madaniyatiga ega bo‘lishi zarur. Ko‘pchilikda “gazdan qo‘qaman” degan fikr mavjud. Aslida esa gazdan qo‘rqish emas, uni noto‘g‘ri ishlatishdan qo‘rqish kerak!
⚠️ Nega odamlar gazdan qo‘rqadi?
– Portlash xavfi
– Gaz sizib chiqishi
– Salomatlikka ta’siri
– Past sifatli uskunalar
Bularning bari haqiqat. Ammo bu xavflarning barchasi ehtiyot choralari va texnik qoidalarga rioya qilinsa, oldini olish mumkin bo‘lgan holatlardir.
✅ Gazdan foydalanishda nimalarga e’tibor berish kerak?
– Faqat sertifikatlangan gaz uskunalarini ishlating
– Ventilyatsiyani doimiy ravishda tekshirib turing
– Gaz sizishini sezsangiz – darhol 104 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling
– Uydan chiqishda yoki uxlashdan oldin gazni albatta o‘chirganingizga ishonch hosil qiling
– Yiliga kamida bir marta gaz qurilmalarini mutaxassislarga ko‘rsatib turing
Unutmang, gaz – bu qudratli do‘st, lekin uni beparvo ishlatish xavfli dushmanga aylanishi mumkin. Farzandlaringiz va yaqinlaringiz xavfsizligi uchun gazdan foydalanishda mas’uliyatli bo‘ling!
🛠 Gaz ta'minoti tizimi xodimlari tomonidan hamma foydalanuvchilarga gazdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Biz sizning xavfsizligingizni ta’minlash uchun xizmatdamiz!